Turkiya NATOda to’liq siyosiy nazoratni qo’lga oldi

Turkiya Milliy mudofaa vazirligi Turkiyaning NATOga qo’shgan hissasi bo’yicha matbuotga brifing berdi.

1316169
Turkiya NATOda to’liq siyosiy nazoratni qo’lga oldi

 

Turkiya Milliy mudofaa vazirligi Turkiyaning NATOga qo’shgan hissasi bo’yicha matbuotga brifing berdi.

Brifingda Turkiyaning NATOda to’liq siyosiy nazoratni qo’lga olganligi qayd etildi.

“NATO hamon ishonchli va kuchli ittifoq bo’lish xususiyatini saqlab kelmoqda. Davlatimiz ittifoqdosh davlatlar bilan baham ko’rgan mushtarak qadriyatlarni himoya qilish xususida zimmasiga tushgan mas’uliyatni a’lo darajada ado etmoqda”,-deyiladi matbuot brifingi chog’ida.

Ta’kidlanishicha, Turkiya Qurolli kuchlari joriy 2019 yil mobaynida jami 23 nafar NATO tadbiqotida 2414 nafar xodimi bilan ishtirok etdi. Shu bilan birga, 2020 yilda ham tadbiqotlarda ishtirok etish rejalangan.

Xavfsizlik manbalari tomonidan NATO xavfsizlik rejalarining veto qilinishiga doir izohda, “Jarayon reja asosida davom etmoqda. “Turkiya shantaj qilyabdi” degan ifodalar noo’rin. Biz NATOning eng muhim kuchi hisoblanamiz. Hech kim Turkiyaning NATOga qo’shgan hissalarini munozara qila olmaydi. Turkiya qo’shgan hissasi bilan NATOning qoq markazidadir”,-degan ifodalarga o’rin berildi.

 


Tanlangan kalimalar: #NATO , #Turkiya

Aloqador xabarlar