NATO sammitida Prezident Rajab Toyyib Erdog'an muhim  bayonotlar beradi.

Prezidentning matbuot kotibi Ibrohim Kalin, kelgusi  hafta Buyuk Britaniyaning poytaxti Londonda bo'lib o'tadigan NATO sammitida Prezident Rajab Toyyib Erdog'an muhim  bayonotlar beradi dedi.

1313377
NATO sammitida Prezident Rajab Toyyib Erdog'an muhim  bayonotlar beradi.

Prezidentning matbuot kotibi Ibrohim Kalin, kelgusi  hafta Buyuk Britaniyaning poytaxti Londonda bo'lib o'tadigan NATO sammitida Prezident Rajab Toyyib Erdog'an muhim  bayonotlar beradi dedi.

Germaniya poytaxti Berlinda Turk jurnalistlarga, kelgusi hafta NATO sammitida  Suriyadagi o'zgarishlar, Yevropa İttifoqi (YI) bilan aloqalar, Kipr masalasi va Liviyadagi xalqaro  sa’y- harakatlar  haqida ma'lumot beriladi dedi.

NATO sammiti juda muhim ekanligini ta'kidlagan Kalin,

"Prezidentimiz, Londonda muhim bayonotlar beradi . Xususan, 21-asrda NATOning  vaziyati , nazariyasi, mas'uliyat va ustuvor kabi mavzular  bo'yicha Turkiyaning tezislari  bor" dedi.

Kalin, xavfsiz zona va migratsiya muammolari yevropada diqqat bilan kuzatib borilayotganiga ishora qilib,

 Suriyada chegaramizni terror tashkilotidan tozalangandan keyin ba'zi G'arb mamlakatlari reaksiya ko’rsatganini ko’rdik. Buning haq asoslardan mahrum,  u yerda tinch fuqaroga, Kurdlarga, diniy etnik guruhga qarshi emasligini, terror unsurlarga qarshi kurashganini va  bu yerdagi hamkasblarimizga tushuntirdik, tushuntirishga  ham davom etamiz” deb qayd etdi.

Kalin, Suriyadagi siyosiy jarayonning rivojlanishi katta ahamiyatga ega ekanligini va Konstitutsiya qo'mita  tashkil etilgandan keyin qilingan harakatlarning ahamiyatiga diqqat qaratdi.

"Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Xavfsizlik Kengashining 2254-sonli rezolyutsiyasi doirasidagi Konstitutsiyaviy qo'mitaning ishidan so'ng, Suriyadagi siyosiy jarayonni olg'a surish uchun saylovlar o’tkazilishi nazarda tutilmoqda. Bu nuqtada  Astana hamda Jeneva jarayoniga hissa qo’shish uchun faoliyatlarimiz davom etmoqda” deb qayd etdi.

Boshqa tomondan, Kalin, terror tashkilotlari tinch turmaganlarini ham  ko’rganlarini ta’kidladi.

"Biz YPG terror tashkiloti  Qamishli, Tel Abyad, Rasullayn va boshqa joylarda ham kuchlarimizga  hamda  tinch aholiga  tazyiq  qilish uchun o’q uzganini  ko'ryapmiz. Ularga qarshi kurashimiz qat'iy  ravishda  davom etadi” deb qayd etdi  

Yevropa İttifoqi bilan tegishli Turkiyaning munosabati borasida Kalin,

 

"Biz  to'liq a'zolik tashqarida boshqa alternativalarni qabul qilishimiz mumkin emas,  o’tmishda  imtiyozli sheriklik   kabi masalalar kun tartibiga keldi  lekin biz  qabul qilmadik. Turkiya va Yevropa o'rtasidagi munosabatlar, ham iqtisodiy  hamda  iqtisodiy manfaatlar hamda  xavfsizligimiz jihatidan katta ahamiyat kasb etadi dedi.

Kalin, ham  NATO davlatlari hamda yevropa Ittifoqi Turkiyaning milliy xavfsizlik tashvishlariga  yana sezgir bo'lishlari  kerak, deb ta'kidladi.

Shimoliy Kipr Turk Respublikasidagi turklar ham  Prezidentlik matbuot kotibining  kun tartibida edi.

Kalin, Turkiya,  Kiprda va ikki jamoali  teng haqlarga ega bir tuzilishning tashkil etilishi siyosatiga egamiz,  Rum tomoni o'jar uslubini davom ettirmoqda deb qayd etdi.

Liviya konferensiyasiga tayyorgarlik ko’rish uchun Germaniyaning poytaxti Berlinga 3-4 marotaba borganini eslatgan  Kalin Kalin, uchrashlarda  ancha kelishuvga borganlarini eslatdi.

Kalin,

"Biz Liviyada  siyosiy yechimdan  tarafdorimiz. Xususan Hafter   aprel oyidan beri boshlatgan  hujumlarni  darhol to'xtatishi  kerak" dedi u.

Germaniya kansleri Angela Merkel, yanvar oyida Turkiyaga uyushtiradigan safarida qaysi mavzular muhokama qilinadi deb berilgan savolga,

"Germaniya biz uchun muhim bir davlatdir. Ikki tomonlama munosabatlarimiz, savdo aloqalarimiz, YI doirasidagi masalalar , migratsiya mavzulari , mintaqaviy muammolar, Suriya, NATO  mavzulari  Merkel bilan muhokama qilinadigan ko'plab boshqa masalalarimiz bor deb" javob berdi.

 



Aloqador xabarlar