Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavushog'li Albaniyaga hamdardlik bildirdi

Mavlud Chavushog'li Albaniya TIV rahbariga kecha mamlakatda ro'y bergan 6.3 bal zilzilada 20 kishi halok bo'lganligi munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

1313518
Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavushog'li Albaniyaga hamdardlik bildirdi

 

Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavushog'li Albaniya TIV rahbari Gent Jakaj bilan telefonda muloqot qildi.

Diplomatik manbalardan olingan ma'lumotga ko'ra, Mavlud Chavushog'li Albaniya TIV rahbariga kecha mamlakatda ro'y bergan 6.3 bal zilzilada 20 kishi halok bo'lganligi munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

Shuningdek, Turkiya zilziladan jabrlangan insonlarga yordam berishga tayyor ekanligini ma'lum qildi.

Ma'lumki, kecha Albaniyada 6.3 bal zilzila ro'y berdi. Zilzilada 20 kishi halok bo'ldi.

Turkiya tashqi ishlar vazirligining yozma bayonotida, Turkiya Albaniyaga chuqur ta'ziya izxor etgan.

Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) zilziladan so'ng, Albaniyaning Dirach shahridagi jabrlanuvchilarga gumanitar yordam yubordi.

Gumanitar yordamlar orasida tayyor oziq-ovqat mahsulotlari va issiq adeyallar o'rin olgan.

 

 



Aloqador xabarlar