Turkiya Qurolli kuchlari Iroq shimolida uch terroristni yo'q qildi

Ularning Gara hududida navbatdagi terrorchilik harakatini sodir etishga tayyorlanayotganligi aniqlandi.

1312382
Turkiya Qurolli kuchlari Iroq shimolida uch terroristni yo'q qildi

 

Turkiya Qurolli kuchlarining Iroq shimolidagi harbiy amaliyotlari davom etmoqda.

Iroq shimolidagi Gara hududida terror tashkiloti PKKga a'zo 3 terrorist yo'q qilindi.

Bu haqda Turkiya Milliy mudofaa vazirligi ma'lum qildi.

"Turkiya Qurolli kuchlari va milliy razvedka xizmati hamkorligida olib borilgan operatsiyada Iroq shimolidagi Gara hududida 3 nafar terrorist yo'q qilindi. Ularning Gara hududida navbatdagi terrorchilik harakatini sodir etishga tayyorlanayotganligi aniqlandi",-deyiladi ma'lumotda.


 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya Qurolli kuchlari , #Gara , #Iroq , #Turkiya

Aloqador xabarlar