Turkiya Isroilning G’azoga bo’lgan hujumlarini keskin qoraladi

Isroilning, Falastin Islomiy jihod harakati katta qo’mondoni Baho Abuni o’ldirishi ortidan mintaqadagi vaziyat avj oldi.

1306724
Turkiya Isroilning G’azoga bo’lgan hujumlarini keskin qoraladi

Isroilning, Falastin Islomiy jihod harakati katta qo’mondoni Baho Abuni o’ldirishi ortidan mintaqadagi vaziyat avj oldi. Isroil G’azoga qarshi havodan hujum uyushtirdi. Xon Yunus shahriga ham hujum qilindi. Unda falastinlik 30 dan ortiq kishi jon berdi. Jon berganlardan tashqari 100 dan ortiq kishi tan jarohati oldi.

Islomiy jihod harakati, talab qilgan shartlari asosida o’q uzishning to’xtatilganligini ma’lum qildi.

Hamas tomonidan yozma ravishda berilgan bayonotda ham Yevropa ittifoqining, Isroilning G’azoni nishonga olgan hujumlariga bo’lgan munosabatida tarafkashlik qilganligi aytildi.

Turkiya ham Isroil hujumlarini keskin qoraladi. Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda “Isroil yetakchiligi, davlat siyosatiga aylantirgan hujumkorona munosabati va bosib olish harakatlarini to’xtatishi kerak” degan ifodalarga o’rin berdi.



Aloqador xabarlar