Prezident Erdo’g’an AQShda “kurdlar” deyilgan guruhning aslida PKK ekanligini ta’kidladi

Prezident Erdo’g’an amaliy tashrif bilan Amerikaga borar ekan u yerda Davlat rahbari Donald Trump bilan o’zaro va hay’atlaro o’tkazilgan uchrashuv ortidan ba’zi Respublikachi senatorlar ham ishtirok etgan yig’ilish o’tkazdi.

1306091
Prezident Erdo’g’an AQShda “kurdlar” deyilgan guruhning aslida PKK ekanligini ta’kidladi

Prezident Rajap Tayyip Erdo’g’an, Amerika Qo’shma Shtatlari Davlat rahbari Donald Trump ham doxil ba’zi rasmiylar tomonidan “kurdlar” deb qayd etilgan guruhning aslida PKK terror tashkiloti ekanligini ta’kidladi.

Prezident Erdo’g’an amaliy tashrif bilan Amerikaga borar ekan u yerda Davlat rahbari Donald Trump bilan o’zaro va hay’atlaro o’tkazilgan uchrashuv ortidan ba’zi Respublikachi senatorlar ham ishtirok etgan yig’ilish o’tkazdi.

Mazkur yig’ilishda Erdo’g’an berilgan bir savolga qarshi, kurdlarni birodar deb bilgan Turkiyaning dunyoda eng ko’p kurd aholisiga quchoq ochgan mamlakat ekanligini, sobiq AQSh Davlat rahbari Barack Obama davrida Suriyadan Turkiyaga 350 ming kurdning ko’chganligini ta’kidlagan holda,

“Siz kurd deganlarning hammasi esa PKK-PYD-YPGdir. Bular terror tashkilotidir” dedi.

Prezident (Trump tomonidan avval general deb atalgan) Mazlum Kobani degan kod nomi berilgan terroristning, PKK terror tashkiloti to’dasi boshining manaviy farzandi ekanligini ham qayd etdi.

Erdo’g’an, Suriya chegarasida tashkil etilishi rejalashtirilgan xavfsiz hududga 6 oyda bir jami 2 yilda 1 million muhojirning joylashtirilishi uchun reja/ loyihalarining tayyor ekanligini ham so’zlariga ilova etdi.

Ortidan Erdo’g’an va Trump mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.   



Aloqador xabarlar