Turkiya va Rossiya harbiylarining 5-qo’shma patrul harakati yakunlandi

Turkiya milliy mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, xavfsiz hudud tashkil etish doirasida olib borilgan 5- qo’shma patrul faoliyati Firot sharqidagi Ayn Al-Arab hududida amalga oshirildi.

1305877
Turkiya va Rossiya harbiylarining 5-qo’shma patrul harakati yakunlandi

 

Firot sharqida xavfsiz hudud tashkil etish doirasida Turkiya va Rossiya harbiylarining 5-qo’shma patrul harakati yakunlandi.

Rossiya Federatsiyasi bilan 22 oktyabrda Sochida imzolangan memorandum asosida qo’shma quruqlik harakati yo’lga qo’yilgan edi.
Turkiya milliy mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, xavfsiz hudud tashkil etish doirasida olib borilgan 5- qo’shma patrul faoliyati Firot sharqidagi Ayn Al-Arab hududida amalga oshirildi.
Patrul harakatida Turkiya va Rossiya kuchlariga oid 4 tadan harbiy vosita va dronlar ishtirok etdi.

Patrul harakati vaqtida provokatorlarning qarshiligiga qaramay, Turkiya harbiylari xalqning xavfsizligini diqqatga olgan holda faoliyatlarni ehtiyotkorlik bilan amalga oshirganligi qayd etildi.

 



Aloqador xabarlar