Prezident Erdo'g'an Suriyadagi xavfsiz hududda haligacha terroristlarning borligini qayd etdi

Prezident shuningdek Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi Erdo’g’an o’z partiyasining Turkiya Buyuk Millat Majlisidagi yig'ilishida nutq so'zladi.

1300593
Prezident Erdo'g'an Suriyadagi xavfsiz hududda haligacha terroristlarning borligini qayd etdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Suriyadagi xavfsiz hududda haligacha terroristlarning borligini qayd etdi.

Prezident shuningdek Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi Erdo’g’an o’z partiyasining Turkiya Buyuk Millat Majlisidagi yig'ilishida nutq so'zladi.

O’z nutqida PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkiloti va DEAShga qarshi olib borilgan “Tinchlik bulog’i” amaliyotiga to’xtalgan Erdo’g’an, Turkiyani terror tashkiloti orqali qurshab olishni rejalashtirganlarga kerakli javobning berilganligini uning, to’g’ridan to’g’ri terroristlarning uyasiga kirib, ularni tepalab tashlash orqali amalga oshirilganligini ifoda etdi.

G’arb davlatlarining o’z vaqtida “Asala” terror tashkiloti harakatlarini ko’rmaslikka olganidek bugungi kunda ham terror tashkilotlari tomonidan Turkiyaga qarshi uyushtirilgan terror hujumlari oldida jimjirt ekanligini ta’kidlagan Erdo’g’an, g’arb davlatlarining mazkur terror tashkilotini foydali ashyo sifatida ko’rganligini ham o’z so’ziga ilova etdi.  

Bundan 3 yil muqaddam 2016-yilning 15-iyuli kuni Turk hukumatini to’ntarishga tashabbus qilgan Fetullahchi terror tashkiloti haqida ham gapirgan Prezident Erdo'g’an,

“1999-yili Amerika Qo’shma Shtatlaridan panox topgan bir terror to’dasi boshi nima uchun AQShda ushlab turilipdi” degan savol ortidan eng qizig’i hujjatlar taqdim etilishiga qaramay AQShning uni saqlashi va u yerda bir loyiha sifatida 400 gektarlik maydonda yashash imkoni berganiga e’tibor qaratdi. Hamon ortidan o’zini o’zi o’ldirgan DEASh to’dasi boshi siz uchun (AQSh nazarda tutilmoqda) qanchalik muhim bo’lsa FETO deyilgan terrorist boshi ham biz uchun ana shunchalik muhimdir” dedi.

Turkiyaning terrorga qarshi kurashini Suriya va Iroq tuproqlarida terroristlar butunlay yo’q qilingunga qadar davom ettirishini ifoda etgan Erdo’g’an,

“Biz belgilagan xavfsiz hudud chegarasida haligacha terroristlarning borligini bilamiz. Bu yerlar terroristlardan hozircha qutqarilgani yo’q. Bizni hech kim alday olmaydi” deya gapirdi.

Yig’ilish ortidan jurnalistlar savoliga javob bergan Prezident Erdo'g’an, AQSh Davlat rahbari Donald Trump bilan telefon orqali muloqat qilishini, AQSh tashrifi haqida mazkur muloqat ortidan qaror berishini bildirdi.



Aloqador xabarlar