Hasan Ruhoniy Turkiya Respublikasining 96 yilligi munosabati bilan Erdo’g’anga tabrik yo’lladi

“Turkiya Respublikasi tashkil topgan kun munosabati bilan zoti oliylariga va xalqingizga eng ezgu tilaklarimni izxor etaman”,- deyiladi tabriknomada.

1297868
Hasan Ruhoniy Turkiya Respublikasining 96 yilligi munosabati bilan Erdo’g’anga tabrik yo’lladi

 

 

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Turkiya Respublikasining 96 yilligi munosabati bilan Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anga tabrik yo’lladi.

“Turkiya Respublikasi tashkil topgan kun munosabati bilan zoti oliylariga va xalqingizga eng ezgu tilaklarimni izxor etaman”,- deyiladi tabriknomada.

Ruhoniyning ta’kidlashicha, mintaqada oxirgi 10 yil ichida sodir bo’lgan o’zgarishlar e’tiborga olinganda, Turkiya bilan Eronning faol ro’li muammolarni hal qilishga ko’mak berdi.

“Turkiya bilan Eronning mintaqada tutgan o’rni, ikki kuchli qo’shni davlatning bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilgan taqdirda, mintaqada barqarorlik, xavfsizlik va tinchlikning kafolati bo’lishini isbotladi”,-deb yozadi Ruhoniy Erdo’g’anga yozgan maktubida.

“Turkiya bilan Eronning do’stona munosabatlari tobora rivojlanib borayotganligi mamnuniyat bag’ishlaydi. Oliy darajali hamkorlik kengashining tuzilishi, ushbu kengashning yig’ilishlari muntazam ravishda o’tkazilib borayotganligi, shu bilan birga iqtisodiyot, transport va qishloq-xo’jaligi sohalari bo’yicha maxsus komissiya tuzilganligi ham munosabatlarimizni yanada rivojlantiradi”,-deya ilova qilinadi maktubda.

 



Aloqador xabarlar