Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Qatar bosh vaziri Al-Sanini qabul qildi

Kecha 31 oktyabr chorshanba kuni Qatar bosh vaziri Shayh Abdulloh bin Nosir bin Halifa Al-Sani Turkiyaga tashrif buyurdi.

1297503

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Qatar bosh vazirini prezidentlik saroyida qabul qildi.

Ikki yetakchi o’rtasida bo’lib o’tgan uchrashuv 35 daqiqa davom etdi.

Qabulda Turkiya vitse-prezidenti Fuat O’ktay, atrof-muhit va obodonlashtirish vaziri Murat Kurum, ichki ishlar vaziri Sulaymon So’ylu va savdo vaziri Ruhsor Pekjon ham ishtirok etdi.

Aloqador xabarlar