Turkiya prezidenti Erdo'g'an Al-Bag‘dodiyning o'ldirilganligidan mamnunligini ma'lum qildi

"DAISh terror tashkiloti yetakchisining o'ldirilganligi terrorizmga qarshi kurashimiz o'z natijasini berayotganligidan dalolatdir",-deb yozgan Turkiya prezidenti tvitterdagi sahifasida.

1295656
Turkiya prezidenti Erdo'g'an Al-Bag‘dodiyning o'ldirilganligidan mamnunligini ma'lum qildi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an DAISh terror tashkiloti yetakchisi Al-Bag‘dodiyning o'ldirilganligidan mamnunligini ma'lum qildi.

Erdo'g'an tvitterdagi rasmiy sahifasida mavzuga munosabatini bildirdi.

"DAISh terror tashkiloti yetakchisining o'ldirilganligi terrorizmga qarshi kurashimiz o'z natijasini berayotganligidan dalolatdir. DAISh, PKK, YPG va boshqa terror guruhlariga qarshi kurashda eng og'ir talofatlarga duch kelgan Turkiya bu o'zgarishni mamnuniyat bilan kutib oladi",-deb yozgan Turkiya prezidenti tvitterdagi sahifasida.

Erdo'g'an terrorizmga qarshi ittifoq bo'lib kurashish butun insoniyatga tinchlik olib kelishiga ishonch bildirdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #DAISh , #Al-Bag‘dodiy , #Turkiya

Aloqador xabarlar