Prezident Erdo'g'an, xavfsiz hudud masalasining yirik qismining hal qilinganligini qayd etdi

Prezident Erdo'g'an Suriyadan Turkiyaga qaratilgan terror tashkiloti hujumlarining oldini olish maqsadida tashkil etilishi rejalashtirilgan xavfsiz hudud masalasining yirik qismining hal qilinganligini qayd etdi.

1295271
Prezident Erdo'g'an, xavfsiz hudud masalasining yirik qismining hal qilinganligini qayd etdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Suriyadan Turkiyaga qaratilgan PKK, YPG va DEASh terror tashkiloti hujumlarining oldini olish maqsadida tashkil etilishi rejalashtirilgan xavfsiz hudud masalasining yirik qismining hal qilinganligini qayd etdi.  

Prezident Erdo'g’an Turkiyaning Fenerbahche jamosining Oliy Kengashining navbatdagi yig'ilishida so’zlagan nutqida,

“Sochi kelishuvi asosida 150 soat ichida mintaqa terroristlardan qutilmagudek bo’lsa unda zimmamizga tushgan vazifani tamomlaymiz yani mintaqani terrordan biz qutqaramiz” dedi.  

Prezident Erdo'g’an o’z nutqida masalani terroristlar bilan qo’lga olinishining imkonsiz ekanligini ifoda etgan holda,

“Bizni hafa qilgan ba’zi masalalar bor. Yirik davlat rahbarlari ularning yetakchilari bilan o’tirib gaplashmoqda va ulardan bizga o’rtamchilik qilishlarini so’ramoqda. Biz terroristlar bilan aslo bitta stolda o’tirib, gaplashmaymiz. Ularning o’rtamchiligini ham qabul qilmaymiz” degan ifodalarga o’rin berdi.

Erdo'g’an,  

“Xalqaro hamjamiyatdan chegaralarimizning xavfsizligi haqidgi tashvishlarimizni hurmat qilisihini, yurtimizdagi suriyaliklarning qaytishi borasidagi loyihamizni qo’llab-quvvatlasihini kutib qolamiz” dedi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an o’z so’zida,

“Terror tashkiloti 30 kilometrlik liniyaning ichidan yoki tashqarisidan hujumlarini davom ettirgudek bo’lsa, qayerga qochishidan qat’iy nazar quvalab kerakli chorani ko’ramiz. Kerak bo’lsa Tel-Abyad bilan Rasulayn o’rtasida xavfsiz hudud bilan birga muhojirlar jon saqlay oladigan uy-joylar quramiz” der ekan bu orqali turk xalqining qanday ekanligini dunyoga isbotlashini qayd etdi.

Prezident Erdo'g’an so’zlari yakunida Yevropani nazarda tutgan holda,

Turkiyadagi 3 million 650 ming suriyalikning birinchi bosqichda kamida 1 million eng ko’p 2 millionlik qismining o’z yurtiga qaytishi uchun ishlab chiqilgan loyihalar qo’llab-quvvatlanmagudek bo’lsa unda chegara darvozalarini ochishdan boshqa iloji yo’qligini ta’kidlagan holda,

“Darvozalarni ochamiz. Yevropaga qarab yo’l olsinlar” degan ifodalarga o’rin berdi.

 



Aloqador xabarlar