Mavlud Chavushog’li Bakuda Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarif bilan uchrashdi

Ikki yetakchi mintaqada bo’layotgan o’zgarishlar haqida fikr almashdi.

1293921
Mavlud Chavushog’li Bakuda Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarif bilan uchrashdi
cavusoglu-Jorge Arreaza.jpg

 

 

Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavushog’li Ozarbayjon poytaxti Bakuda bo’lib o’tayotgan 18-Daxlsizlar harakati sammitida ishtirok etdi.

Mavlud Chavushog’li tashrif doirasida Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarif bilan uchrashdi.

Ikki yetakchi mintaqada bo’layotgan o’zgarishlar haqida fikr almashdi.

Mavlud Chavushog’li shuningdek, Malayziya tashqi ishlar vaziri Sayfuddin Abdulloh va Venezuela tashqi ishlar vaziri Yorge Arreaza bilan uchrashdi.

Uchrashuv tafsilotlari ma’lum qilinmadi.

Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavushog’li kecha 18-Daxlsizlar harakati sammitining Falastinga bag’ishlangan vazirlar komiteti yig’ilishida ishtirok etgandi.

 

 



Aloqador xabarlar