Turkiyaning Hakkari viloyati Shemdinli tumanidagi otishmada 1 nafar askar halok bo'ldi

"Qahramon askarimizni Alloh o’z rahmatiga olgan bo’lsin! Turkiya Qurolli kuchlari va ulug’ turk xalqiga hamdardlik bildiramiz! Shahidimizning motamsaro oilasiga chuqur ta’ziya izxor etamiz va sabr tilaymiz!”,-deyiladi bayonotda.

1291148
Turkiyaning Hakkari viloyati Shemdinli tumanidagi otishmada 1 nafar askar halok bo'ldi

 

Turkiyaning Hakkari viloyati Shemdinli tumanida terroristlar bilan bo’lgan otishmada 1 nafar askar halok bo’ldi.

 Bu haqda Turkiya milliy mudofaa vazirligi bayonot berdi.

Bayonotga ko’ra, Hakkarida terroristlar bilan askarlar o’rtasida otishma ro’y bergan. Otishmalarda og’ir yaralangan askar darhol harbiy shifoxonaga yotkizilgan. Biroq, doktorlarning barcha urinishlariga qaramay, askar hayotdan ko’z yumgan.

“Bizni chuqur larzaga solgan bu voqeada halok bo’lgan qahramon askarimizni Alloh o’z rahmatiga olgan bo’lsin! Turkiya Qurolli kuchlari va ulug’ turk xalqiga hamdardlik bildiramiz! Shahidimizning motamsaro oilasiga chuqur ta’ziya izxor etamiz va sabr tilaymiz!”,-deyiladi bayonotda.

 


Tanlangan kalimalar: #shahid , #askar , #otishma , #Hakkari , #Turkiya

Aloqador xabarlar