“Tinchlik bulog’i” harbiy operatsiyasi doirasida yo’q qilingan terrorist soni 480 nafarga yetdi

““Tinchlik bulog’i” harbiy operatsiyasi havodan va quruqlikdan muvaffaqiyatli davom etmoqda. Operatsiyada yo’q qilingan terrorist soni 480 nafarga yetdi”,-deyiladi bayonotda.

1287042
“Tinchlik bulog’i” harbiy operatsiyasi doirasida yo’q qilingan terrorist soni 480 nafarga yetdi

 

Turkiya Milliy mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, “Tinchlik bulog’i” harbiy operatsiyasi doirasida yo’q qilingan terrorist soni 480 nafarga yetdi.

Bu haqda Turkiya Milliy mudofaa vazirligining tvitterdagi rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

““Tinchlik bulog’i” harbiy operatsiyasi havodan va quruqlikdan harbiy vositalar, dronlar vositasida muvaffaqiyatli davom etmoqda. Operatsiyada yo’q qilingan terrorist soni 480 nafarga yetdi”,-deyiladi Milliy mudofaa vazirligining tvitterdagi rasmiy sahifasida.

Eslatish joizki, Turkiya Qurolli kuchlari 9 oktyabr kuni Suriyada Firot daryosi sharqida terror tashkiloti PKK/PYD va YPG terror tashkilotlariga qarshi “Tinchlik bulog’i” nomli harbiy operatsiya boshladi.

Harbiy operatsiya doirasida kecha Rasul-Ayn tumani nazorati turk harbiylari qo’liga o’tdi.

Bugun esa, Tel-Abyad tumanining Suluk mahallasi YPG/PKK terroristlaridan qutqarildi.

 

 



Aloqador xabarlar