Turkiyadagi chet el vakolatxonalariga “Tinchlik bulog’i” haqida ma’lumot berilmoqda

Turkiyadagi chet el vakolatxonalariga “Tinchlik bulog’i” harbiy amaliyoti haqida ma’lumot berish ishlari kechadan beri davom etmoqda.

1285769
Turkiyadagi chet el vakolatxonalariga “Tinchlik bulog’i” haqida ma’lumot berilmoqda

Turkiya janubiy chegarasida tashkil etilishi rejalashtirilgan terror yo’lagini yo’q qilib, uning o’rniga tinchlik o’rnatish maqsadida boshlatgan va “Tinchlik bulog’i” deb nomlangan harbiy amaliyot haqida Turkiyadagi chet el vakolatxonalariga ma’lumot berishni davom etmoqda.

Shu doirada Yevropa ittifoqining Turkiya delegatsiyasi yetakchisi Christian Berger, Tashqi ishlar vazirligiga taklif qilinib, amalda davom etayotgan amaliyot va uning sabablari haqida xabardor qilindi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashi a’zosi davlatlaridan Anqaradagi diplomatik vakillar ham kecha huddi shu sababdan Tashqi ishlar vazirligiga taklif qilingandi.

Tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Sedat O’nal vazirlikka tashrif buyurgan AQShning Anqaradagi elchisi David Michael Satterfield, Fransiyaning Anqaradagi elchisi Charles Fries, Buyuk Britaniyaning Anqaradagi elchisi Dominik Chilkott, Rossiyaning Anqaradagi elchisi Aleksey Yerhov va Xitoyning Anqaradagi elchisi Cheng Weihuaga ma’lumot berdi.

BMTXKga a’zo davlatlardan tashqari vazirlikka taklif qilinib ma’lumot berilgan elchilar qatorida Eronning Anqaradagi elchisi Mohammed Farazmand ham bor edi.



Aloqador xabarlar