Shentop va Chavusho’g’lu, “Tinchlik bulog’i” amaliyotining maqsadiga e’tibor qaratdi

Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Mustafa Shentop va Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lu “Tinchlik bulog’i” amaliyotining maqsadiga e’tibor qaratdi.

1285001
Shentop va Chavusho’g’lu, “Tinchlik bulog’i” amaliyotining maqsadiga e’tibor qaratdi
çavuşoğlu.jpg

Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Mustafa Shentop “Tinchlik bulog’i” amaliyotining boshlaganligini belgilab o’tgan holda,

“Turkiyaning bundan maqsadi terror yo’laklarini yo’q qilib, tinchlik yo’laklarini barpo etishdir” dedi.

Shentop Twitterda “Tinchlik bulog’i” amaliyoti haqida post qoldirdi.

Mustafa Shentop unda,

 “Tinchlik bulog’i amaliyoti boshladi. Turkiyaning bundan maqsadi terror yo’laklarini yo’q qilib, tinchlik yo’laklarini barpo etishdir. Askarlarimizni Ollox o’zi qo’llab-quvvatlasin” degan ifodalarga o’rin berdi.

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lu ham Suriyaning shimolidagi YPG/ PKK terror tashkilotiga qarshi boshlatilgan amaliyot haqida,

“Amaliyotimiz xalqaro huquq, Birlashgan Millatlar shartining 51-moddasi va Birlashgan Millatlarning Xavfsizlik kengashi tomonidan terrorga qarshi kurash haqida qabul qilingan qarorlariga muvofiq ravishda ijro etilmoqda” dedi.

Tashqi ishlar vaziri Twitterda,

Tinchlik bulog’i amaliyoti orqali mintaqa terroristlardan qutqariladi. Suriyaning chegara xavfsizligi va hududiy yaxlitligi kafolatga olinadi. Qochqinlar xavfsiz ravishda o’z uy-joylariga qaytish imkonini qo’lga kiritadi. Mintaqada tinchlik o’rnatiladi” degan ifodalarga o’rin berdi.

 



Aloqador xabarlar