Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an ertaga Serbiyaga safar qiladi

Erdo’g’an Turkiya-Serbiya oliy darajali hamkorlik kengashining navbatdagi yig’ilishida ishtirok etadi.

1282567
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an ertaga Serbiyaga safar qiladi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an ertaga 7 oktyabr kuni amaliy tashrif bilan Serbiyaga safar qiladi.

Erdo’g’an Turkiya-Serbiya oliy darajali hamkorlik kengashining navbatdagi yig’ilishida ishtirok etadi.

Turkiya Respublikasi prezidentlik huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi ma’lum qilishicha, Erdo’g’an va Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich raisligida o’tkaziladigan Turkiya-Serbiya oliy darajali hamkorlik kengashining navbatdagi yig’ilishiga bir qator vazirlar va mutasaddi vakillar ishtirok etadi.

Yig’ilishda ikki davlat munosabatlari, o’zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun zarur qadamlarni tashlash masalasi muhokama qilinadi, shu bilan birga mintaqaviy va xalqaro dolzarb masalalar bo’yicha fikr almashiladi.

Mazkur yig’ilish Turkiya-Serbiya o’rtasidagi diplomatik munosabatlarning o’rnatishganiga 140 yil to’lish arafasida ijro etilayotganligi uchun ham alohida ahamiyatga ega.

7-8 oktyabr kunlarini o’z ichiga olgan tashrif doirasida Turkiya-Serbiya biznes forumi o’tkaziladi.

Tashrif chog’ida Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi TIKA tomonidan hayotga tadbiq etilayotgan yirik loyihalar hamda turk inshoot firmalari tomonidan qurilayotgan fabrika va zavodlarning ochilishi va poydevorini qurish marosimlarini o’tkazish ham rejalangan.

Shuningdek, Belgradda Bolqonlarda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga bag’ishlangan Turkiya-Bosniya-Gersegovina-Serbiya uch tomonli sammit bo’lib o’tadi.

Ushbu sammitda Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an, Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich, Bosniya-Gersegovina prezidentlik kengashi raisi Zeljko Komsich va boshqa oliy martabali vakillar ishtirok etadi.



Aloqador xabarlar