Turkiya prezidenti Erdo’g’an BMT Bosh kotibi Antonio Guterres bilan uchrashdi

BMT bayonotiga ko'ra, uchrashuvda bosh kotib va prezident Erdo’g’an iqlim ta’siriga qarshi kurash bo’yicha fikr almashdi.

1275939
Turkiya prezidenti Erdo’g’an BMT Bosh kotibi Antonio Guterres bilan uchrashdi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an BMT Bosh Assambleyasining 74-sessiyasi doirasida Nyu-Yorkda BMT Bosh kotibi Antonio Guterres bilan uchrashdi.

BMT Bosh qarorgohida bo’lib o’tgan uchrashuv matbuotga yopiq shaklda amalga oshirildi.

BMT bayonotiga ko'ra, uchrashuvda Bosh kotib va prezident Erdo’g’an iqlim ta’siriga qarshi kurash bo’yicha fikr almashdi. Shuningdek, Suriya, Liviya, Kipr masalasi va boshqa mushtarak xavotirlarga sabab bo’lgan mavzularni muhokama qildi.

Prezident Erdo’g’an Nyu-Yorkda Madaniyatlar ittifoqi bilan Turk Havo Yo’llari milliy aviakompaniyasi o’rtasidagi hamkorlik protokolining imzo marosimida ishtirok etdi.

BMT Bosh qarorgohida bo’lib o’tgan tadbirda Erdo’g’an bilan bir qatorda, BMT Bosh kotibi Antonio Guterres, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li, Turk Havo Yo’llari milliy aviakompaniyasi boshqaruv kengashi va ijro qo’mitasi rahbari Ilker Ayji hamda BMT Madaniyatlar ittifoqi oliy vakili Miguel Moratinos ishtirok etdi.

Bundan tashqari, Erdo’g’an Nyu-Yorkda Birlashgan qirollik bosh vaziri Boris Johnsonni qabul qildi.

Qabulda Turkiya hazina va moliya vaziri Berat Albayrak, milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar, savdo vaziri Ruhsor Pekjon, adolat va taraqqiyot partiyasi (Ak partiya) kotibi O’mer Chelik, milliy razvedka tashkiloti rahbari Hakan Fidan, Turkiya Respublikasi prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi rahbari Fahriddin Altun, prezidentlik matbuot kotibi Ibrohim Kalin ham ishtirok etdi.

Erdo’g’an BMT Bosh qarorgohida Qatar amiri Shayh Temim Bin Hamad Al Sani va Somali prezidenti Muhammad Abdulloh Farmajo bilan uchrashdi.

Shuningdek, Albaniya bosh vaziri Edi Rama, Parlamentlararo ittifoq rahbari Gabriela Cuevas Barronni qabul qildi.

So’ngra, Italiya bosh vaziri Giuseppe Conte bilan uchrashuv o'tkazdi.

Matbuotga yopiq shaklda bo’lib o’tgan uchrashuvlarda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li, atrof-muhit va obodonlashtirish vaziri Murat Kurum va milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar ham ishtirok etdi.

AQSh prezidenti Donald Tramp "Lotte New York Palace Hotel"da BMT Bosh Assambleyasining 74-sessiyasi ishtirokchilari sharafiga rasmiy ziyofat berdi.

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an ham Tramp tomonidan berilgan ushbu ziyofatga tashrif buyurdi.



Aloqador xabarlar