Turkiya prezidenti Erdo’g’an Nyu-Yorkda xorijiy davlat yetakchilari bilan uchrashdi

Erdo’g’an Belgiya bosh vaziri Charles Michel, Bosniya-Gersegovina prezidentlik kengashi raisi Zeljko Komshich, Pokiston bosh vaziri Imron Xon va Germaniya bosh vaziri Angela Merkel bilan uchrashdi.

1275228
Turkiya prezidenti Erdo’g’an Nyu-Yorkda xorijiy davlat yetakchilari bilan uchrashdi
Erdogan-Zeljko Komsic.jpg
erdogan abd yahudi kurulus temsilcileri.jpg
Erdogan-Angela Merkel.jpg
Erdogan-İmran Han.jpg

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an BMT Bosh Assambleyasining 74-sessiyasi doirasida Nyu-Yorkda bir qator rasmiy uchrashuvlarni amalga oshirmoqda.

Jumladan, Erdo’g’an Belgiya bosh vaziri Charles Michel, Bosniya-Gersegovina prezidentlik kengashi raisi Zeljko Komshich, Pokiston bosh vaziri Imron Xon va Germaniya bosh vaziri Angela Merkel bilan uchrashdi.

BMT Bosh qarorgohida bo’lib o’tgan uchrashuv matbuotga yopiq shaklda amalga oshirildi.

Bo’lib o’tgan uchrashuvda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li, atrof-muhit va obodonlashtirish vaziri Murat Kurum, hazina va moliya vaziri Berat Albayrak, milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar, savdo vaziri Ruhsor Pekjon, Turkiya Oliy majlisi tashqi ishlar komissiyasi raisi Volkan Bozkir, prezidentlik aloqa boshqarmasi rahbari Fahriddin Altun va prezidentlik matbuot kotibi Ibrohim Kalin ishtirok etdi.

Shuningdek, Erdo’g’an AQShdagi yahudiy nodavlat tashkilotlari rahbarlari va musaviy jamiyati vakillarini ham qabul qildi.

Nyu-Yorkda Erdo’g’an joylashgan mehmonxonada bo’lib o’tgan uchrashuv matbuotga yopiq shaklda amalga oshirildi.

Uchrashuv tafsilotlari ma’lum qilinmadi.

 

 



Aloqador xabarlar