Prezident Erdo'g'an bugun AQShga jo’nab ketadi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an BMT Bosh Assambleyasining 74-sessiyasida ishtirok etish uchun bugun AQShga jo’nab ketadi.

1273666
Prezident Erdo'g'an bugun AQShga jo’nab ketadi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an BMT Bosh Assambleyasining 74-sessiyasida ishtirok etish uchun bugun AQShga jo’nab ketadi.

Ma’lumotlarga ko’ra Prezident Erdo'g’an mazkur safari doirasida Nyu-Yorkda uyushtiriladiganBMT Bosh Assambleyasining 74-sessiyasida ishtrok etish uchun 21-25 sentabr kunlari AQShda bo’ladi.

Prezident Erdo'g’an, BMT Bosh assambleyasining oliy darajali uchrashuvlaridan oldin 23-sentabr kuni BMT Bosh kotibi ishtirokida Iqlim ta’sirlari bo’yicha uyushtiriladigan sammitida ishtirok etadi.

Erdo’g’an, 24-sentabr kuni  BMT Bosh Assambleyasiga xitob etib ortidan, Bosh kotib Antonio Guterres bilan uchrashuv o’tkazadi.

Erdog'an sammit doirasida “Barqaror rivojlanish maqsadlariga ta'sir etuvchi megatendentsiya” deb nomlangan “Liderlar muloqati” yig’ilishida ishtirok etib, unda ma’ruza qiladi.

Prezident Erdo'g’anning shuningdek Pokiston Bosh vaziri Imron Xon bilan birgalikda “Nafrat so’zlariga qarshi kurash” deb nomlangan oliy darajali qo’shimcha tadbir o’tkazishi kutilmoqda.

Bosh assambleya uchrashuvlari doirasida Turkiya-Malayziya-Pokiston o’rtasida uch tomonlama yig’ilishi ham o’tkaziladi.

Shuningdek, Prezident Erdo'g’anning Nyu-Yorkga bo’lgan safari chog’ida turli davlat va hukumat yetakchilari bilan ikki tomonlama uchrashuv o’tkazishi kutilmoqda.

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'anning Nyu-Yorkda shuningdek AQShdagi turklar, qondoshlar, musulmon va yahudi aholisi vakillari bilan uchrashuv o’tkazishi, marhum rassom Ara Guler asarlariga bag'ishlangan ko’rgazmaning ochilishida ishtirok etishi va Turk-Amerika Ish kengashi tomonidan uyushtiriladigan navbatdagi Investitisya konferentsiyasi ziyofatida ishtirok etishi kutilmoqda.

 



Aloqador xabarlar