Bugun Ankarada Turkiya-Rossiya-Eron o'rtasida uch tomonlama sammit o'tkaziladi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an mezbonligida bo'lib o'tadigan sammitda Eron prezidenti Hasan Ruhoniy va Rossiya prezidenti Vladimir Putin ishtirok etadi.

1270317
Bugun Ankarada Turkiya-Rossiya-Eron o'rtasida uch tomonlama sammit o'tkaziladi

 

Bugun 16 sentyabr dushanba kuni poytaxt Ankarada Turkiya-Rossiya-Eron o'rtasida uch tomonlama sammit o'tkaziladi.

Sammitga Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an mezbonlik qiladi.

Shuningdek, sammitda Eron prezidenti Hasan Ruhoniy va Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham ishtirok etadi.

Prezidentlik matbuot xizmati ma'lum qilishicha, Astana formatidagi beshinchi uch tomonlama sammitda Suriyadagi o'zgarishlar, jumladan Idlibdagi vaziyat, o't ochishni to'xtatish, Suriya xalqini o'z xohshi bilan vataniga qaytarish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish, siyosiy muhitni tiklash maqsadida amalga oshiriladigan mushtarak faoliyatlar muhokama qilinishi maqsad qilinmoqda.

Sammit oldidan Chankaya ko'shkida Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an va Eron prezidenti Hasan Ruhoniy o'rtasida o'zaro uchrashuv bo'lib o'tmoqda.

So'ngra, Erdo'g'an Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashadi. Uchrashuvda ikki davlat munosabatlari, dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar muhokama qilinishi kutilmoqda.

Yetakchilar o'rtasidagi o'zaro uchrashuvlardan so'ng, uch tomonlama sammit o'z ishini boshlaydi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #sammit , #Turkiya , #Rossiya , #Eron

Aloqador xabarlar