Turkiyada Dominika Respublikasining elchixonasi ochildi

Poytaxt Ankarada tashkil etilgan Dominika Respublikasi elchixonasiga diplomat Elias Serulle favqulodda va muhtor elchi etib tayinlandi.

1261641
Turkiyada Dominika Respublikasining elchixonasi ochildi

 

Turkiyada Dominika Respublikasining elchixonasi ochildi.

Poytaxt Ankarada tashkil etilgan Dominika Respublikasi elchixonasiga diplomat Elias Serulle favqulodda va muhtor elchi etib tayinlandi.

Dominika Respublikasining Turkiyadagi elchixonasining rasmiy ochilish marosimiga ko’plab xorijiy diplomatlar, siyosatchilar, akademiklar va matbuot xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda Dominika Respublikasining Turkiyadagi yangi tayinlangan favqulodda va muhtor elchisi Elias Serulle so’zga chiqdi.

Elchi Elias Serulle Turkiya Respublikasida Dominika Respublikasining elchixonasi ochilganligidan va tinchlik o’lkasi Turkiyada dastlabki Dominika elchisi bo’lish sharafiga muyassar bo’lganligidan bahtiyor ekanligini tilga oldi.

Shuningdek, davlati va Dominika xalqi nomidan Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an va Turkiya hukumatiga minnatdorlik bildirdi.

Turkiya tashqi ishlar vazirining o’rinbosari Sedat O’nal Turkiya hukumati nomidan Dominika elchisi Serullega yangi lavozimida muvaffaqiyatlar tiladi.

Ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish jihatidan bu kabi faoliyatlar katta ahamiyat kasb etishini so’zlariga ilova qildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #elchixona , #Dominika Respublikasi

Aloqador xabarlar