Erdo'g’an: “Turkiya hech kimning bir qarish tuprog’iga ham ko’z tikkani yo’q”.

Prezident Erdo'g’an, 30-avgust G’alaba bayrami va Turk Qurolli kuchlari kuni munosabati bilan “Bosh qo’mondon” sifatida Prezidentlik saroyida ziyofat berdi.

1261371
Erdo'g’an: “Turkiya hech kimning bir qarish tuprog’iga ham ko’z tikkani yo’q”.

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'anning qayd etishicha Turkiya tomonidan mamlakatdan tashqarida olib borilgan harbiy amaliyotlardan maqsad Turkiya Respublikasining haq va huquqini himoya qilishlikdir.

Prezident Erdo'g’an, 30-avgust G’alaba bayrami va Turk Qurolli kuchlari kuni munosabati bilan “Bosh qo’mondon” sifatida Prezidentlik saroyida ziyofat berdi.

Mazkur ziyofatda nutq so’zlagan Prezident Erdo'g’an Iroqning shimolida PKK terror tashkilotiga qarshi olib borilgan harbiy amaliyotdan maqsad xavfsizlik ekanligini va Turkiyaning hech kimning bir qarish tuprog’iga ham ko’z tikmaganligini qayd etdi.  

Erdo’g’an bu haqida,

“Lekin tuproqlarimizga tikilgan ko’zlarga, mustaqillik haq va huquqlarimizga uzatilgan qo’llarga, istiqlolimiz va istiqbolimizga qaratilgan tahdidlarga qarab turolmaymiz. Bugungi kunda Iroq, Suriya, Sharqiy O’rta yer dengizi va Turkiyaning to’rt burchagida biz olib borgan kurashning faqatgina bitta g’oyasi bor. U ham bo’lsa eng avvalo Turkiya Respublikasi haq va huquqlarini himoya qilishlik, undan tashqari do’st va qardosh xalqlarning xavfsizliklarini ta’minlashdir” deya gapirdi.

Turkiya chegarasida qo’l urilgan qatliomlarni ko’rmaslikka ololmasliklarini ta’kidlagan Erdo’g’an, “Turk xalqi, do’stlari va qardoshlari olov ichida yonar ekan buni tomosha qilib o’tiradigan xalqlardan emasdir” degan ifodalarga o’rin berdi.  

 



Aloqador xabarlar