"Xavfsiz hudud" masalasida Turkiya bilan AQSh kelishib oldi

Suriyaning shimolida AQSh bilan birgalikda qurilishi rejalashtirilgan “xavfsiz hudud” masalasida AQShning harbiy hay’ati bilan Milliy Mudofaa vazirligida 5-7 avgust kunlari o’tkazilgan uchrashuvlar o’z nihoyasiga yetdi.

1249620
"Xavfsiz hudud" masalasida Turkiya bilan AQSh kelishib oldi

Suriyaning shimolida Amerika Qo’shma Shtatlari bilan birgalikda qurilishi rejalashtirilgan “xavfsiz hudud” masalasida AQShning harbiy hay’ati bilan qo’lga olingan uchrashuvlarda, Turkiyada Qo'shma Operatsiya Markazining eng qisqa vaqt ichida tashkil etilishi ustidan kelishib olindi.   

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko’ra Suriyaning shimolida AQSh bilan birgalikda qurilishi rejalashtirilgan “xavfsiz hudud” masalasida AQShning harbiy hay’ati bilan Milliy Mudofaa vazirligida 5-7 avgust kunlari o’tkazilgan uchrashuvlar o’z nihoyasiga yetdi.

Uchrashuvlarda Turkiyaning xavfsizlik masalasidagi tashvishlariga chora bo’luvchi eng muhim tadbirlarning tezlik bilan yo’lga qo’yilishi, shu doirada xavfsiz hududning tashkil etilishining AQSh bilan birgalikda qurilishi va uni boshqarish uchun Turkiyada Qo'shma Operatsiya Markazining eng qisqa vaqt ichida tashkil etilishi ustidan kelishib olindi.     

Turk va AQSh harbiy tarmoqdagi rasmiylar tomonidan xavfsiz hududning “tinchlik yo’lagi” bo’lishi va o’z uy-joyidan mahrum qilingan suriyaliklarning o’z yurtlariga qaytishlari uchun har qanday qo’shimcha choraning ko’rilishi masalasida ham kelishib olindi.



Aloqador xabarlar