Turkiya AQShdan PKK/ YPG terror tashkilotiga yordam berishni to’xtatishini talab qildi

Turkiya Amerika Qo’shma Shtatlaridan PKK/ YPG terror tashkilotiga yordam berishni to’xtatishini talab qildi.

1244828
Turkiya AQShdan PKK/ YPG terror tashkilotiga yordam berishni to’xtatishini talab qildi

Turkiya Amerika Qo’shma Shtatlaridan PKK/ YPG terror tashkilotiga yordam berishni to’xtatishini talab qildi.

Milliy Mudofaa vaziri Hulusiy Akar AQSh Mudofaa vaziri Mark Esper bilan telefon orqali muloqat qildi.

Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, “Hulusiy Akar uchrashuvda Turkiyaning AQShdan nimalar kutganligini va PKK/ YPG terror tashkilotiga yordam berishni butunlay to’xtatishini talab qildi” degan ifodalarga o’rin berildi.  

Shuningdek,

“Turkiyaning janubida terror yo’lagi qurilishiga ruxsat berilmasligini, Turkiyaning faqatgina o’z yurti va xalqining emas ayni vaqtda mintaqada yashagan kurdlar, arablar, ossuriylar, xristianlar va yazidiylar kabi boshqa diniy va etnik guruhlarning ham xavfsizligini ta’minlashni xohlaganligi ifoda etildi” degan ifodalarga o’rin berildi.  

Bayonotga ko’ra ikkala vazirning uchrashuvida AQSh bilan til topishish imkonsiz holga aylangudek bo’lsa unda Turkiyaning Suriya chegarasidagi “xavfsiz hudud”ni bir tomonli tashkil etishi ham yetkazilgan.



Aloqador xabarlar