Turkiya Qurolli kuchlari Iroq shimolidagi terror ob'yektlariga zarba berdi

Operatsiyada PKK terror tashkilotiga oid boshpanalar, qurol-aslaha va o’q-dori omborlari yo’q qilindi.

1244734
Turkiya Qurolli kuchlari Iroq shimolidagi terror ob'yektlariga zarba berdi

 

Turkiya Qurolli kuchlari Iroq shimolida terror tashkiloti PKKga oid ob’yektlarga zarba berdi.

Aviazarbalarda 3 nafar jangari yo’q qilindi.

Bu haqda Turkiya milliy mudofaa vazirligining tvitterdagi rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Ma’lumotga ko’ra, 27 mayda boshlangan “Panja” harbiy amaliyoti doirasida Iroq shimolidagi Avashin hududida havo-harbiy operatsiyasi amalga oshirildi.

Operatsiyada PKK terror tashkilotiga oid boshpanalar, qurol-aslaha va o’q-dori omborlari yo’q qilindi. Shu bilan birga 3 jangari o’ldirildi.

Iroq shimolidagi Metina hududi orqali Turkiyaga o’tmoqchi bo’lgan 2 nafar jangari chegara kuchlari tomonidan yo’q qilindi.



Aloqador xabarlar