Milliy Mudofaa vazirligi bu galgi yig’ilishida S-400 lar haqida batafsil ma’lumot berdi

Turkiya tomonidan Rossiyadan olingan S-400 zanit-raketa tizimlarining birinchi qismini topshirish ishlari tamomlandi.

1242570
Milliy Mudofaa vazirligi bu galgi yig’ilishida S-400 lar haqida batafsil ma’lumot berdi

Turkiya tomonidan Rossiyadan olingan S-400 zanit-raketa tizimlarining birinchi qismini topshirish ishlari tamomlandi.

Bu haqidagi batafsil ma’lumotlar Milliy Mudofaa vazirligida har oyda bir o’tkazilgan yig’ilishning iyul oyidagi qismida bo’lishildi.

Unda eng avvalo S-400 larning 12-iyul kuni boshlagan birinchi qismining topshirish ishlarining tamomlanganligi bildirildi.

Aytib o'tish joizki tizim bo’lakchalari 30 ta uchoq orqali Anqaradgi “Mürted” aerodromiga olib kelindi.

Tizimlarning ikkinchi va uchinchi bosqich bo’lakchalari huddi shu aerodromga olib kelinmoqchi.

S-400 lar haqida ma’lumot berishga bag’ishlangan yig’ilishda Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkiloti (NATO) doirasida Fransiyadan Samp-T zenit-raketa tizimi olib kelinib, Turkiyaning janubiy chegarasiga joylashtirilishi ham qayd etildi.  

Yig’ilishning kun tartibida Suriyaning shimolida tashkil etilishi rejalashtirilgan xavfsiz hudud haqidagi oxirgi vaziyat ham o’rin oldi.

Unda, hududni nazorat qila oladigan yagona kuchning Turk armiyasi ekanligi yana bir bor takrorlandi.

Yig'ilishda Manbij yo’l xaritasining yo’lga qo’yilmaganligi ham ta’kidlanar ekan Firot daryosining sharqidagi YPG/ PKK terror tashkilotiga qarshi amalga oshirilish ehtimoli bo’lgan amaliyot borasidagi qarorlilikning AQSh hay’atiga yetkazilganligi aytib o’tildi.

Bayonotda shuningdek ham Turkiyada, ham Iroqning shimolidagi amaliyotlar natijasida oxirgi 3 oyda 489 PKK terror tashkiloti a’zosining yo’q qilinganligi ma’lum qilindi. Yo’q qilingan terroristlardan 24 nafarining terror yetakchilari ekanligining iddio etilganligi ta’kidlandi.   

 


Tanlangan kalimalar: #Milliy Mudofaa vazirligi , #S-400

Aloqador xabarlar