Donald Tramp Turkiyaga S-400 tufayli sanksiya bermasligini ma'lum qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Amerikaning tahdidlariga qaramay, Turkiya Rossiyadan S-400 zenit raketa majmualarini xarid qilib olganligiga munosabatini bildirdi.

1238481
Donald Tramp Turkiyaga S-400 tufayli sanksiya bermasligini ma'lum qildi

 

AQSh prezidenti Donald Tramp Turkiyaga S-400 tufayli sanksiya berishga shoshilmaganligini ma'lum qildi.

Donald Tramp Amerikaning tahdidlariga qaramay, Turkiya Rossiyadan S-400 zenit raketa majmualarini xarid qilib olganligiga munosabatini bildirdi.

Tramp "Turkiyaga sanksiya joriy etasizmi?" degan savolga javoban shunday dedi:

"Yo'q. Hozircha bunga e'tibor qaratganimiz yo'q. Bunga hali kirishganim yo'q",-deb aytgan Donald Tramp.

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an o'tgan oy G20 sammitida ishtirok etish uchun Yaponiyaga safari oldidan quyidagicha bayonot bergan edi.

"NATO davlatlari bir-biriga sanksiya qo'llay boshlagan bo'lsa, to'g'risi buni tushunish qiyin. Janob Tramp bilan bo'lgan uchrashuvlarimizda buni sezmadim",-deb aytgan Turkiya prezidenti.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #S-400 , #sanksiya , #Donald Tramp , #Turkiya

Aloqador xabarlar