Iroqning shimolida terroristlarga qarshi “Panja-2” harbiy harakat boshlatildi

Iroqning shimolida terroristlar joylashib olgan mintaqalarga qarshi “Panja-2” deb nomlangan harbiy harakat boshlatildi.

1235246
Iroqning shimolida terroristlarga qarshi “Panja-2” harbiy harakat boshlatildi

Iroqning shimolida terroristlar joylashib olgan mintaqalarga qarshi “Panja-2” deb nomlangan harbiy harakat boshlatildi.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko’ra “Panja” harbiy amaliyoti muvaffaqiyatli ravishda davom etmoqda.

Bayonotda,

“Qo’lga kiritilgan ma’lumotlar natijasida 2019-yilning 12-iyuli kuni kechasi, Quruqlik va Harbiy-havo kuchlarining hujumi ortidan soat 22:00 da Iroqning shimolida, terroristlar joylashib olgan mintaqalarga qarshi Panja-2 amaliyoti rejasi asosida, aniqlab olingan turli nuqtalarga qarshi yangi amaliyot boshlatildi” degan ifodalarga o’rin beridli.

Bayonotda, “Mazkur amaliyot orqali Hakurkdagi terror tashkiloti tomonidan foydalanilgan g’orlarning, boshpana va terroristlarning yo’q qilinishi “ATAK”  vertolyoti va uchuvchisiz havo vositasi orqali rejalashtirilganidek davom etmoqda” deyildi.   

Unda shuningdek, amaliyotning davom etishi qayd etildi.



Aloqador xabarlar