Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Kiriakos Michotakisni tabrikladi

Erdo’g’an Yunonistonning yangi bosh vaziri etib saylangan Kiriakos Michotakisni tabriklar ekan, saylov natijalari nafaqat Turkiya-Yunoniston munosabatlariga, balki butun mintaqaga yaxshilik olib kelishiga tilakdosh ekanligini tilga oldi.

1231962
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Kiriakos Michotakisni tabrikladi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Yunonistonning yangi bosh vaziri etib saylangan Kiriakos Michotakisni tabrikladi.

Erdo’g’an Michotakis bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat chog’ida Erdo’g’an Yunonistonning yangi bosh vaziri etib saylangan Kiriakos Michotakisni tabriklar ekan, saylov natijalari nafaqat Turkiya-Yunoniston munosabatlariga, balki butun mintaqaga yaxshilik olib kelishiga tilakdosh ekanligini tilga oldi.

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li ham tvitterdagi sahifasida Yunonistondagi umumiy saylovlarning g’olibi “Yangi demokratiya” partiyasi yetakchisi Kiriakos Michotakisni tabrikladi.

““Yangi demokratiya” partiyasi yetakchisi Kiriakos Michotakisni saylovdagi ustun g’alabasi bilan samimiy tabriklayman. Uning yetakchiligida turk-yunon xalqlari o’rtasidagi do’stona va o’zaro munosabatlar yana-da mustahkamlanadi degan umiddaman”,-deb yozdi Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li tvitterdagi sahifasida.

 

 



Aloqador xabarlar