Turkiya Afg’onistonga hamdardlik bildirdi

Turkiya Afg’oniston poytaxti Kobul va G’azni viloyatlarida sodir etilgan terrorchilik harakatlarida ko’plab insonlarning halok bo’lganligi munosabati bilan Afg’oniston hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi.

1231917

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.

“Turkiya terrorizmga qarshi kurashda Afg’onistonni qo’llab-quvvatlaydi. Afg’onistonda tinchlik o’rnatish maqsadida tomonlar muzokaralarni jadallashtirgan bir paytda avvalo Kobul, so’ngra G’azni viloyatida sodir etilgan terrorchilik harakatlarida ko’plab begunoh insonlarning halok bo’lganligidan chuqur iztirobdamiz. Begunoh bolalarning hayotiga zomin bo’lgan ushbu terror hujumlarini qat’iyan qoralaymiz. Qardosh afg’on xalqiga chuqur ta’ziya izxor etamiz”,-deyiladi bayonotda.

Eslatish joizki, kecha Afg’onistonning G’azni viloyatidagi milliy razvedka boshqarmasi binosi oldida bomba joylashtirilgan mashina portlatilgan edi. Portashda 12 kishi halok bo’lgan edi, 179 kishi yaralangan edi.

Poytaxt Kobulda ham ikki prokurorga nisbatan sodir etilgan qurolli suiqasd hujumida bir prokuror hayotdan ko’z yumgan edi.

Tanlangan kalimalar: #hamdardlik , #Afg'oniston , #Turkiya

Aloqador xabarlar