Yaponiyaning Nagoya shahrida Turkiya konsulxonasi tashkil etiladi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Yaponiyadagi Nagoya Bunri Universitetida tashkil etilgan Turk forumida turklar bilan uchrashuv o’tkazdi.

1227460
Yaponiyaning Nagoya shahrida Turkiya konsulxonasi tashkil etiladi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Yaponiyadagi Nagoya Bunri Universitetida tashkil etilgan Turk forumida turklar bilan uchrashuv o’tkazdi.

“Yaponiyada Fathulloh Gulen (FETO) jamoatiga qarashli Yapon-Turk maktablari va jamiyatlar hamon o’z faoliyatini davom ettirib kelmoqda. FETO harakati xorijdan turib mamlakatimizga qarshi propoganda harakatini davom ettirmoqda. Qalbi nafratga to’lgan FETO safdoshlarining vatanimiz obro’yiga qora dog’ tushirishiga yo’l qo’ymasligimiz kerak. Qo’li qonga bulangan terror guruhiga qarshi kurashda sizlardan yordam kutib qolamiz. PKK terror tashkiloti qanday bo’lsa, DHKP-J va FETO ham shunday. Bularning bir-biridan farqi yo’q…”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

Bundan tashqari, Erdo’g’an Yaponiyaning Nagoya shahrida Turkiya konsulxonasi ochilishini ma’lum qildi.

“Turk Havo Yo’llari milliy aviakampaniyasi 2020 yil aprel oyidan e’tiboran Istanbuldan Osaka Kansai aeroportiga parvozlarni boshlaydi”,-deb aytgan Erdo’g’an.

“Yaponiya bilan ijtimoiy xavfsizlik bo’yicha kelishuv muzokaralarini davom ettiryabmiz. Muzokaralarni yaqinda ijobiy natija bilan yakunlashni maqsad qilyabmiz”,-deya ilova qilgan prezident Erdo’g’an.

 

 

 



Aloqador xabarlar