Erdo'g'an:"AQSh Turkiyaga sanksiya joriy etishdan oldin yaxshi o’ylab ko’rsin!"

Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an, "Amerika qo’shma shtatlari (AQSh Turkiyaga  sanksiya  tatbiq etmasdan oldin juda yaxshi o’ylab ko’rishi lozim",-dedi.

1222160
Erdo'g'an:"AQSh Turkiyaga sanksiya joriy etishdan oldin yaxshi o’ylab ko’rsin!"

Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an, Amerika qo’shma shtatlari (AQSh Turkiyaga  sanksiya  tatbiq etmasdan oldin juda yaxshi o’ylab ko’rishi lozim.

“ Bizning ham o’zimizga xos qarshi sanksiyalarimiz bo’ladi” dedi.

Erdo’g’an, Istanbulda xorij matbuotga  bergan bayonotida,

“ AQShning bir muammosi bor,  bizning janob (Prezident Donald ) Tramp, bilan bo’lgan aloqalarimiz juda farqli, faqat janob Trampning  qo’lining ostida ishlaganlar bilan aloqalarimiz juda farqli. Shu bois sanksiya tatbiq etadi  deb  ehtimol”  bermayman.

Havo mudofaa tizimlari S-400 raketalari biz uchun va Rossiya uchun yakunlangan bir masala” degan Erdo’g’an,

“ Kelgusi 15 kun mobaynida raketalar  topshirila boshlaydi.   Topshirilgandan keyin raketalarning qayerga joylashtirish masala  Turk qurolli kuchlarimiz tomonidan belgilangan, u yerlarga joylashtirish bilan ushbu jarayon davom etadi “ deya qayd etdi.

NATO va sanksiya mavzusi esa AQShning har qanday bir NATO a’zoni  tashkilotdan chiqarish salohiyati yo’q degan Erdo’g’an,  AQSh ushbu sanksiya mavzusida yana sezgir harakat qilishi kerak dedi.

Turkiya NATOning eng muhim va eng kuchli o’lkalaridan bir ekanligiga diqqat qaratgan Erdo’gan,

“ NATO ichida hozirgacha  bunday hamkorlikni amalga oshiradigan mamlakatga nisbatan sanksiyalarni joriy qilganda, AQSh bu borada juda yaxshi o'ylab  kerak dedi. Bizning ham

O’zimizga  xos Qarshiga  tatbiq etadigan sanksiyamiz bo’ladi. Biz bularni qabul qilmaymiz” dedi.

Oldingi Prezident Barak Obama davridan e’tiboran Turkiyaning Patriotlarini  sotib olmoqchi  bo’ldi: faqat Pariotlar u davrda  bizga berilmadi deya diqqat qaratgan Erdo’g’an,  

U kundan beri kongress  bularga qarshi edi va to’sqinlik qildi. Endi AQSh bizga Patriotlarni bermaydi ki bu bir mudofaa raketasidir. Men o’zimning  mudofaa masalamni hal qilishim kerak emasmi?  Bular bilan aloqali chora- tadbirlar  olishim kerak emasmi? Bularni  kutadigan vaqtimiz yo’q” dedi.

Turkiya atrofida tahdid unsurlari mavjud deb ta’kidlagan Erdo’g’an, “ Shu bois Rossiya bilan juda mos shartlarda S- 400 raketalarini sotib oldik “deb ta’kidladi.

AQSh ,Turkiyaning Rossiyada  ishlab chiqargan rivojlangan texnologiya ega S- 400 havo tizim raketalarini sotib olishini istamaganini juda ko’p marotaba bizga  ma’lum qildi. AQSh Turkiyani  ogohlantirishiga  qaramay S- 400larni taslim olgan taqdirda F- 35 harbiy samolyot loyihasidagi roli xavfga kiradi deb bildirdi.

 

 



Aloqador xabarlar