AQSh davlat kotibligi vakili Nathan Sales Turkiyaga tashrif buyuradi

Bayonotga ko’ra, AQSh davlat kotibligining terrorizmga qarshi kurash bo’yicha koordinatori Nathan Sales bu hafta poytaxt Ankarada turk vakillar bilan uchrashadi.

1217697
AQSh davlat kotibligi vakili Nathan Sales Turkiyaga tashrif buyuradi

 

AQSh davlat kotibligining terrorizmga qarshi kurash bo’yicha koordinatori Nathan Sales Turkiyaga tashrif buyurmoqda.

Bu haqda AQSh davlat kotibligi yozma bayonot berdi.

Bayonotga ko’ra, terrorizmga qarshi kurash bo’yicha koordinator Nathan Sales bu hafta poytaxt Ankarada turk vakillar bilan uchrashadi.

Bo’lib o’tadigan uchrashuvda xorij davlatlardan DEASh safida jang qilish uchun Suriyaga kelgan jangarilarning o’z vataniga qaytarilishi va sud qilinishi, chegara xavfsizligi, jangarilarning harakat maydonini cheklash hamda terror tashkiloti PKK, Al-Qoida va DEAShga qarshi kurash kabi dolzarb mavzular muhokama qilinadi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #AQSh , #DEASh , #Suriya , #Nathan Sales

Aloqador xabarlar