Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Saudiya Arabistoni qiroli bilan muloqot qildi

Ikki yetakchi Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birlarini va qardosh xalqlarni qizg’in muborakbod etib, ezgu tilaklarini izhor qildilar.

1214315
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Saudiya Arabistoni qiroli bilan muloqot qildi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Saudiya Arabistoni qiroli Salmon Bin Abdulaziz bilan telefon orqali muloqot qildi.

Ikki yetakchi suhbat avvalida qutlug' Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birlarini va qardosh xalqlarni qizg’in muborakbod etib, ezgu tilaklarini izhor qildilar.

Do’stona va samimiy tarzda o’tgan suhbat davomida xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar ham muhokama qilindi.

Shu bilan birga, qirol Salmon Turkiyaning Islom Hamkorlik tashkilotiga o’tkinchi raisligi vaqtida ko’rsatgan barcha sa’y-harakatlari uchun prezident Erdo’g’anga minnatdorlik bildirdi.

 

 

 



Aloqador xabarlar