Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Donald Tramp bilan muloqot qildi

Bu haqda prezidentlik aloqa xizmati rahbari Fahriddin Altun ma’lum qildi.

1210816
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Donald Tramp bilan muloqot qildi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefonda muloqot qildi.

Bu haqda prezidentlik aloqa xizmati rahbari Fahriddin Altun ma’lum qildi.

“Muloqotda AQSh-Turkiya munosabatlari va mintaqaviy o’zgarishlar muhokama qilindi. Prezidentimiz milliy xavfsizlikning sharti sifatida Rossiyadan xarid qilinadigan S-400 zenit raketa majmualari xususida hamkorlikda mutahassis guruh tuzishni taklif qildi”,-deyiladi ma’lumotda.

Shu bilan birga, “Muloqotda po’lat mahsulotlariga qo’shimcha boj tarifining bekor qilinishi munosabati bilan mamnunlik tilga olindi. Bu qaror 75 mlrd dollarlik o’zaro savdo hajmiga erishishga hissa qo’shishi qayd etildi”,-deya ilova qilinadi ma’lumotda.

Ta’kidlanishicha, ikki yetakchi 28-29 iyunda Yaponiyada o’tkaziladigan G-20 sammiti chog’ida uchrashishga kelishib oldi.

 


 



Aloqador xabarlar