Prezident Erdo'g'an kutilmagan bir tunda bostirib kirib borishimiz mumkin deb qayd etdi

Prezident Rajab  Tayyib Erdo’g’an, juda yaqin zamonda Suriyaning shimolida bo’lginchi terror tashkiloti PKKning hujumi ostida bo’lgan hududlarga kutilmagan bir tunda bostirib kirib borib tozalashimiz mumkin deb qayd etdi.

1202945
Prezident Erdo'g'an kutilmagan bir tunda bostirib kirib borishimiz mumkin deb qayd etdi

Prezident Rajab  Tayyib Erdo’g’an, juda yaqin zamonda Suriyaning shimolida bo’lginchi terror tashkiloti PKKning hujumi ostida bo’lgan hududlarga kutilmagan bir tunda bostirib kirib borib tozalashimiz mumkin deb qayd etdi.

Prezident Erdo’g’an,  Istanbulda Yevrosiyo  namoyish va san’at markazida uyushtirilgan iftor dasturida ichki xavfsizlik birliklari bilan uchrashdi.

Bergan bayonotida uzluksiz operatsiya siyosati bilan terroristlarga katta zarar berganlarini aytgan Erdo’g’an,

“ Faqatgina so’ngi 2.5 yilda 16 nafar qizil ro’yxatdan 420 nafari esa so’zda go’yo yuqora martabali ( PKK a’zosi) terrorist yo’q qilindi. Ham tashkilotga ishtirok sonida hamda terror tashkilotining jinoyat qilishi salohiyati pasaydi”,-deb qayd etdi.

Sharq va janub sharq Turkiyada, uzoq yillardan keyin takror sukunat va tinchlik sharoiti o’rnatildi deb aytgan Erdo’g’an, terror tashkilot tog’larga qaytish, xavfsizlik kuchlari g’ayrati va fidokorliklari bilan yangidan mamlakatga bahor keldi.

Terror tashkiloti logistika va o’q dori  ta’min etgan barcha unsurlarni o’z joyida yo’q qilish uchun Suriya va Iroqdagi harakatlarini tezlashtirganlarini qayd etdi.

“ Suriyadagi operatsiyalari bilan   DESH va bo’lginchi terror tashkiloti (YPG/PKK9 bu o’lkadagi  davomiga  og’ir zarbalar urdik. 4 ming kilom metrlik bir soha, terrordan tozalangan  hudud, Suriyaning shimolida go’yo bir huzur- halovat oroliga aylantirdik ” deb qayd etdi.

Suriyadagi urushdan qochib Turkiyaga   boshpana  olib kelgan 3 million 600 ming qochqindan, 320 ming nafari takror vatanlariga qaytish imkoniyatini  topdi degan Erdo’g’an, juda yaqinda terror  hujumi ostida bo’lgan boshqa hududlarga   ham kutilmagan bir tun bostirib kirib boramiz va  hududni tozalaymiz deb aytdi.

Suriyaning shimolida, Turkiyaga  qo’shni bir terror koridori tashkil topishiga hech qachon ruxsat berilmaydi degan Erdo’g’an,

“ Suriyalik kurd, arab va turkman birodarlarimizning kelajagini, yangi mustamlaka havosiga taslim etmaymiz “,- deya qayd etdi.  

 


Tanlangan kalimalar: #Prezident Erdog'an , #Terror , #Hujum

Aloqador xabarlar