Turkiya Yaman janubiga insonparvarlik yordami yubordi

Turk Qizil yarim oy jamiyati vositasida Aden shahrida yashovchi nogiron fuqarolar bilan mamlakatda ro’y berayotgan ichki to’qnashuvlardan jabrlangan oilalarga gumanitar yordam tarqatildi, 500 kishiga iftor berildi.

1200743
Turkiya Yaman janubiga insonparvarlik yordami yubordi

 

Turkiya Yaman janubidagi Aden shahrida urushdan jabrlangan oilalarga insonparvarlik yordami yubordi.

Shuningdek, nochor ahvolda bo’lgan muhojir 500 kishiga iftor berdi.

Turk Qizil yarim oy jamiyatining Yamandan mas’ul vakili Mustafo Aydin ma’lum qilishicha, Aden shahrida yashovchi nogiron fuqarolar bilan mamlakatda ro’y berayotgan ichki to’qnashuvlardan jabrlangan oilalarga gumanitar yordam tarqatildi.

Shuningdek, to’qnashuvlar tufayli Hudeyda shahridan qochib Adendagi “Ammar bin Yasir” qochqinlar lageriga kelib joylashgan 500 kishiga iftor berildi.

Uzoq yillardan buyon notinchlik hukm surib kelayotgan Yamanda Xusiylar bilan hukumatga qarashli xavfsizlik kuchlari o’rtasida to’qnashuvlar davom etmoqda.

Xusiylar 2014 yildan buyon poytaxt Sana va boshqa ba’zi strategik hududlarning nazoratini qo’lga olgan.

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya kuchlari 2015 yil mart oyidan buyon Xusiylarga qarshi kurashda Yaman hukumatiga yordam berib kelmoqda.

Mamlakatda hukm surgan ichki nizolar oqibatida aholi ocharchilik, vafo kabi yuqumli kasalliklar panjasida kun kechirmoqda.

 

 



Aloqador xabarlar