Oq uy Turkiya va AQSh prezidentlarining muloqoti haqida bayonot berdi

“Ikki yetakchi Suriya shimolidagi xavfsizlik masalasiga bag'ishlangan muzokaralarda qo’lga kiritilgan yutuqlar va Turkiyaning Rossiyadan S-400 zenit raketa tizimlarini xarid qilish masalasi va Turkiya-AQSh munosabatlarini muhokama qildi”,-deyiladi izohda.

1192258
Oq uy Turkiya va AQSh prezidentlarining muloqoti haqida bayonot berdi

 

Kecha Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an bilan AQSh prezidenti Donald Tramp o’rtasida bo’lib o’tgan muloqot haqida Vashington hukumati rasmiy bayonot berdi.

Oq uy ikki yetakchining telefon orqali muloqoti haqida yozma bayonot berdi.

“Ikki yetakchi Suriya shimolidagi xavfsizlik masalasiga bag'ishlangan muzokaralarda qo’lga kiritilgan yutuqlar va Turkiyaning Rossiyadan S-400 zenit raketa tizimlarini xarid qilish masalasi va Turkiya-AQSh munosabatlarini muhokama qildi”,-deyiladi bayonotda.

Shu bilan birga, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an AQShning San Diego shahrida ibodatgohga sodir etilgan hujum munosabati bilan Trampga hamdardlik bildirdi.

Eslatma: Kecha AQShning San Diego shahrida yahudiylarning bayrami vaqtida ibodatgohga qurolli hujum sodir etilgan edi. Hujumda 1 kishi halok bo’ldi, 3 kishi yaralangan edi.

 

 



Aloqador xabarlar