Turkiya-Suriya chegarasidagi otishmada harbiy xizmatchi halok bo'ldi

“Hataydagi Yayladag’i chegara postida xizmat qilgan harbiy xizmatchi terroristlar tomonidan sodir etilgan otishmada halok bo’ldi”,-deyiladi bayonotda.

1178386
Turkiya-Suriya chegarasidagi otishmada harbiy xizmatchi halok bo'ldi

Hatay viloyatidagi Turkiya-Suriya chegara postida terror tashkiloti PKK jangarilari bilan chegarachilar o’rtasida otishma ro’y berdi.

Otishmalarda 1 harbiy xizmatchi halok bo’ldi.

Turkiya milliy mudofaa vazirligi bu haqda bayonot berdi.

“Hataydagi Yayladag’i chegara postida xizmat qilgan harbiy xizmatchi terroristlar tomonidan sodir etilgan otishmada halok bo’ldi”,-deyiladi bayonotda.

“Bizni chuqur qayg’uga solgan bu voqeada halok bo’lgan aziz shahidimizni Alloh o’z rahmatiga olgan bo’lsin! Motamsaro oilasiga, Turkiya qurolli kuchlariga va ulug’ turk xalqiga chuqur hamdardlik bildiramiz”,-deya ta’ziya bildiradi Turkiya milliy mudofaa vazirligi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya-Suriya chegarasi , #otishma

Aloqador xabarlar