Prezident Erdo'g'an terrorizmga qarshi kurash va Suriya masalasi haqida gapirdi

Prezident shuningdek Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi Rajap Tayyip Erdo’g’an Istanbulning Kagithane tumanida uyushtirilgan mitingda xalqqa xitob etdi.

1173602
Prezident Erdo'g'an terrorizmga qarshi kurash va Suriya masalasi haqida gapirdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an oxirgi kunlarda iqtisodiy hujumlarni nazarda tutgan holda,

“Qurolli terrorni yo’q qilish masalasida qanchalik qarorli bo’lsak, iqtisodiy terrorni yo’q qilsihda ham ana shunchalik qarorliymiz” dedi. Prezident shuningdek Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi Rajap Tayyip Erdo’g’an Istanbulning Kagithane tumanida uyushtirilgan mitingda xalqqa xitob etdi.

Turkiyaning Xalqaro valyuta fondi IMF bilan hech qanday aloqasi qolmaganligini belgilab o’tgan Erdo’g’an,

“Bizning IMF bilan hech qanday aloqamiz yo’q. Qarzlarimizni to’ladik. Shunday ekan u ishlar tugadi” dedi.

Oxirgi kunlarda iqtisodiy masalalar orqali Turkiyani noqulay ahvolga tushirmoqchi bo’lganlarni nazarda tutgan Erdo’g’an shuningdek,

“Hoh ichkarida, hoh tashqarida… Bu xalqning noniga, oshiga ko’z qo’yganlarni aslo kechirmaymiz. Qurolli terrorni yo’q qilish masalasida qanchalik qarorli bo’lsak, iqtisodiy terrorni yo’q qilsihda ham ana shunchalik qarorliymiz” dedi.

Suriya masalasiga ham to’xtalgan Erdo’g’an,

“Iloji bo’lsa saylovdan keyin Suriya masalasini yig’ilishlarda emas, mutlaqo maydonda hal qilamiz” deya gapirdi.  

Prezident Erdo'g’an o’z so’zining yakunida,

“Faoliyatlarimiz ustida ertangi mahalliy saylovdan keyingi dushanba kundan e’tiboran, alohida ishlay boshlaymiz” dedi.

 

 



Aloqador xabarlar