Turkiya, Mosuldagi qidiruv va qutqaruv faoliyatlariga yordam bermoqchi

Turkiya Iroqning Mosul shahrida olib borilayotgan qidiruv va qutqaruv faoliyatlariga yordam bermoqchi.

1173008
Turkiya, Mosuldagi qidiruv va qutqaruv faoliyatlariga yordam bermoqchi

Turkiya Iroqning Mosul shahrida olib borilayotgan qidiruv va qutqaruv faoliyatlariga yordam bermoqchi.

Shu doirada Harbiy-dengiz kuchlari qo’mondonligiga oid 20 nafar g’avvos Mosulda, Dijle daryosida yuz bergan va parom cho’kishi oqibatida yo’qolgan kishilarni qidirish va qutqarish faoliyatlarini qo’llab-quvvatlash maqsadida hududga qarab yo’l oldi.

Milliy Mudofaa vazirligi mavzu haqida bergan bayonotida,

“Iroqning Mosul shahridagi Dijle daryosida, 21-mart kuni yuz bergan va parom cho’kishi oqibatida yo’qolgan kishilarni qidirish va qutqarish faoliyatlarini qo’llab-quvvatlash maqsadida Harbiy-dengiz kuchlari qo’mondonligiga oid 20 nafar g’avvos bugun Harbiy-havo kuchlari qo’mondonligiga oid uchoq orqali hududga uchib ketdi” degan ifodalarga o’rin berdi.

Aytib o’tish joizki Mosul shahridagi Dijle daryosida parom cho’kishi oqibatida 85 kishi jon bergandi.



Aloqador xabarlar