Turkiya Yangi Zelandiyaga minnatdorchilik bildirdi

O’tgan hafta musulmonlarga qarshi uyushtirilgan terror hujumi ortidan ko’rsatkan iliq munosabati tufayli Turkiya Yangi Zelandiyaga minnatdorchilik bildirdi.

1169150
Turkiya Yangi Zelandiyaga minnatdorchilik bildirdi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Yangi Zelandiyada o’tgan hafta musulmonlarga qarshi uyushtirilgan terror hujumi ortidan ko’rsatkan iliq munosabati tufayli Yangi Zelandiya Bosh vaziri Jacinda Ardern va Bosh vazir o’rinbosari va Tashqi ishlar vaziri Winston Petersga minnatdorchilik bildirdi.

Mavzu haqida Twitter hisobidan post qoldirgan Chavusho’g’li,

“Bosh vazir Jacinda Ardern va Islom hamkorlik tashkiloti yig’ilishida ishtirok etkan Bosh vazir o’rinbosari va Tashqi ishlar vaziri Winston Petersga Christchurch hujumini voqea boshidan beri terror hujumi deb baholagani va musulmon aholisiga bo’lgan iliq munosabati uchun minnatdorchilik bildiramiz. Yangi Zelandiya bilan birdamlik ichidamiz” degan ifodalarga o’rin berdi.

Yangi Zelandiya Bosh vaziri o’rinbosari va Tashqi ishlar vaziri Peters kecha Istanbulda uyushtirilgan, “Yangi Zelandiyada ikkita jome’ masjidiga qarshi uyushtirilgan terror hujumi va musulmonlarga bo’lgan nafrat va murosasizlikga qarshi kurashi masalasida Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari ishtirokida Ijroiya qo’mitasi yig’ilishi”da ishtirok etdi.

Christchurchdagi terror hujumida 51 kishi jon bergandi.

 

 



Aloqador xabarlar