Turkiya Mozambik Respublikasiga hamdardlik bildirdi

Mozambik Respublikasida sodir bo'lgan sel va suv toshqinlari oqibatida 84 kishi halok bo'ldi.

1166710
Turkiya Mozambik Respublikasiga hamdardlik bildirdi

 

Turkiya Mozambik Respublikasiga hamdardlik bildirdi.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi yozma bayonot berdi.

"Turkiya sel falokatida ko'plab insonlarning halok bo'lganligi munosabati bilan Mozambik hukumati va xalqiga chuqur ta'ziya bildiradi. Mozambik xalqining qayg'usiga sherikmiz. Halok bo'lganlarning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz. Yaradorlarning tezda sog'ayib ketishini tilab qolamiz",-deyiladi bayonotda.

Eslatma: Mozambik Respublikasida sodir bo'lgan sel va suv toshqinlari oqibatida 84 kishi halok bo'ldi. Mamlakat prezidenti Filipe Nyusi qurbonlar soni 1000 dan ortishi mumkinligini ma'lum qildi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Mozambik , #sel , #Turkiya , #hamdardlik

Aloqador xabarlar