Turkiya Oliy majlisi Yangi Zelandiyada sodir etilgan terrorchilik harakatini qoraladi

“Ushbu dahshatli hodisa nafaqat bir necha jinoyatchining tashabbusi bo’libgina qolmay, kundan kunga avj olib borayotgan islomga qarshi nafratning bir natijasidir”,-deyiladi bayonnomada.

1164602
Turkiya Oliy majlisi Yangi Zelandiyada sodir etilgan terrorchilik harakatini qoraladi

Turkiya Oliy majlisida o’rin olgan 5 ta siyosiy partiya Yangi Zelandiyada sodir etilgan terrorchilik harakatini qoralash maqsadida mushtarak bayonnoma tayyorladi.

“Ushbu dahshatli hodisa nafaqat bir necha jinoyatchining tashabbusi bo’libgina qolmay, kundan kunga avj olib borayotgan islomga qarshi nafratning bir natijasidir”,-deyiladi bayonnomada.

Shu bilan birga, ushbu hujum islomga qarshi nafratning qanchalik ayanchli ekanligini ko’rsatishi, bunga butun dunyo bir yoqadan bosh chiqarib, qarshilik ko’rsatishi kerakligi qayd etildi.

Bayonnomada g’arb davlatlari rahbarlariga va g’arb mediasiga nisbatan shunday murojaat qilindi: Islomga qarshi hujumni avj oldiradigan xatti-harakatlardan uzoq turish kerakligi eslatildi.

Shuningdek, mushtarak bayonnomada “Islomga va musulmonlarga qarshi hujumlarga zamin yaratuvchi zaharli muhit va ba’zi g’arb hukumatlarining loqaydligiga chek qo’yilmasdan turib, bunday terror hujumlarini oldini olib bo’lmaydi”,-deyildi.

Qolaversa, terrorizm butun dunyoda ommaviy qoralanishi kerakligi qayd etildi.

 

 



Aloqador xabarlar