Vitse-prezident Fuat O'ktay bilan TIV Chavusho'g'li Yangi Zelandiyaga boradi

Vitse-prezident Fuat O’ktay bilan Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Prezident Rajap Tayyip Erdo’g’anning buyrug’i bilan Yangi Zelandiyaga boradi.

1164554
Vitse-prezident Fuat O'ktay bilan TIV Chavusho'g'li Yangi Zelandiyaga boradi

Vitse-prezident Fuat O’ktay bilan Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Yangi Zelandiyaga boradi.

O’ktay bilan Chavusho’g’li Prezident Rajap Tayyip Erdo’g’anning buyrug’i bilan bugungi terror hujumida jon bergan 49 kishi uchun uyushtiriladigan dafn marosimida ishtirok etadi.

Shu bilan birga Prezident Erdo’g’an Yangi Zelandiya Davlat rahbari Dame Patsy Reddyga qo’ng’iroq qilib Christchurch shahridagi 2 ta jome’ masjidida 49 kishining umriga, 48 kishining esa sog’ligiga zomin bo’lgan terror hujumini dunyodagi butun musulmonlar nomidan lanatlaganligini ma’lum qildi.

Erdo’g’an Yangi Zelandiya Davlat rahbari bilan bo’lgan muloqat chog’ida quyidagicha gapirdi:

“Terrorist tomonidan (hujumdan oldin) bayon etilgan manifestoning mazmuni, bu ishning biron bir shaxs tomonidan qo’l urilmaganligini ochiq-oydin ko’rsatib turipti. Shunday ekan buning ortidagi terror guruhlarining aniqlanishi, Yangi Zelandiyani jiddiy ravishda hotirjamlatadi”.

Prezident Erdo’g’an Vitse-prezident O’ktay va Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g’li yetakchiligidagi bir hay’atni Yangi Zelandiyaga yuborishini belgilab o’tgan holda,

“Ular bilan birgalikda yangi yo’l xaritasini belgilab olish rejalarini qo’lga olsangiz yaxshi bo’lardi. Erkinliklar yurti hisoblangan Yangi Zelandiyani qoralashlarini xohlamaymiz” dedi.

 



Aloqador xabarlar