Turkiya Afg’onistonga hamdardlik bildirdi

"Hujumda ko’plab insonlarning halok bo’lganligi munosabati bilan qardosh Afg’oniston hukumati va qardosh afg’on xalqiga chuqur hamdardlik bildiramiz, yaradorlarning tezda sog’ayib ketishini tilaymiz”,-deyiladi bayonotda.

1159482
Turkiya Afg’onistonga hamdardlik bildirdi

Turkiya kecha Afg’oniston poytaxti Kobulda sodir etilgan terrorchilik harakatini qoraladi.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi yozma bayonot berdi.

“Poytaxt Kobulda oliy martabali davlat vakillari ishtirokida bo’lib o’tayotgan xotira marosimida sodir etilgan terrorchilik harakatini qoralaymiz. Hujumda ko’plab insonlarning halok bo’lganligi munosabati bilan qardosh Afg’oniston hukumati va qardosh afg’on xalqiga chuqur hamdardlik bildiramiz, yaradorlarning tezda sog’ayib ketishini tilaymiz”,-deyiladi bayonotda.

Eslatma: Kecha Afg’onistonda Hazaralarning sobiq yetakchisi Abdul Ali qabri boshida yodga olindi. Ko’plab davlat arboblari ishtirok etgan marosim chog’ida raketa hujumi sodir etildi. Hujumda 3 kishi halok bo’ldi.

Yaradorlar orasida prezidentlikka nomzod Abdul Latif Pedramning ham borligi ma’lum bo’ldi.

Shu bilan birga, marosimda Afg’oniston ijro kengashi rahbari Abdulloh Abdulloh, sobiq prezident Hamid Karzay, prezidentlikka nomzodini qo’ygan Hanif Atmar va tashqi ishlar vaziri Salohiddin Rabboniy ham bor edi.

 


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston , #Kobul , #Turkiya , #hamdardlik

Aloqador xabarlar