Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Jared Kushnerni Beshtepada qabul qildi

Prezident Erdo'g'an Kushnerni, poytaxt Anqaradagi Yenimahalle tumaniga qarashli Beshtepe mahallasida joylashgan Prezidentlik saroyida qabul qildi.

1153977
Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Jared Kushnerni Beshtepada qabul qildi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Donald Trumpning bosh maslahatchisi, assistenti va kuyov bolasi Jared Kushner Turkiyada. 

Ba’zi Yaqin Sharq mamlakatlariga bo’lgan tashriflari ortidan poytaxt Anqaraga kelgan Kushnerni qabulda Turkiyaning G’aznachilik va moliya vaziri Berat Albayrak ham ishtirok etdi.

Oq uydan qabul haqida berilgan yozma ravishdagi bayonotda, Kushnerning Erdo’g’an bilan bo’lgan uchrashuvida, AQSh Xalqaro muzokaralar bo’yicha maxsus vakili Jason Greenblatt va Eron masalalari bo’yicha maxsus vakili Brian Hookning ham ishtirok etganligi qayd etildi.

Bayonotda shuningdek, ikkala mamlakat o’rtasidagi munosabatlarning mustahkamlanishi masalasining qo’lga olinganligi eslatilar ekan shu bilan birga Falastin bilan Isroil o’rtasidagi muammolarning hal qilinishi uchun Anqara va Vashington say-harakatning muhokama qilinganligi ifoda etildi.  

Bayonotda, mintaqaviy shart-sharoitning yana-da yaxshilanishi uchun amalga oshiriladigan faoliyatlarning kun tartibiga olib chiqilganligi ma’lum qilindi.

 



Aloqador xabarlar