Turkiya, Eronda kecha qo’l urilgan xudkushlik hujumini keskin qoraladi

Turkiya Eronda Inqilob muhofizlari armiyasi personalini tashigan avtobusga qarshi uyushtirilgan xudkushlik hujumini keskin qoraladi.

1144812

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, Eronda Inqilob muhofizlari armiyasi personalini tashigan avtobusga qarshi uyushtirilgan xudkushlik hujumining ko’pchilikning umriga va sog’ligiga zomin bo’lishidan tashvishga tushilganligi ma’lum qilindi.

Shuningdek,

“Bu dahshatli terror hujumini keskin qoralaymiz. Jon berganlarga Olloxdan rahmat, tan jarohati olganlarga shifo tilaymiz. Eron xalqi va hukumatiga chin yurakdan hamdardlik bildiramiz” degan ifodalarga o’rin berildi.

Eronning janubiy-sharqidagi Sistan-Beluchistan viloyatida Inqilob muhofizlari armiyasiga qarshi chegara muhofizlarini tashigan avtobusni nishonga olgan kechagi terror hujumida 27 nafar askar jon bergan bo’lib, 13 askar tan jarohati olgandi.

Hujumni “Jayshul Adl” o’z bo’yniga oldi.

Aloqador xabarlar